Sevgi sirini sabolardan so‘radim. Sabo sekin so‘zladi: - Sevgi sening so‘zlaringda, sirdosh,sadoqatli sevishganlar saroyidadur.Sevgi seni sehrlasa, sen sevganingni siyla. Sevgi saroyida sira sarsonu sargardon so‘nmagin. Sen sehrli saroy sohibasidursan, seni sevguvchi sohibning sohibjamolisan. Saboning so‘zlari siynamni sehrladi. Sabo sekin-sekin silkindi da, so‘zlayverdi: - Sevgi saroyida sof sevgini so‘ndirguvchilar serob. Sen sevgingga sodiqmisan, seni sira sindirisholmaydi. Sevgi sevgilisiga sadoqatli, sodiqlarni suyadi. Sevgi sinovchan. Sen sevgi sino-vida sindingmi, sevging seni sira suyamaydi. Seni sevgi sahrosida suvsizlikdan so‘ndirib somondayin sarg‘aytiradi. Sevgi seni so‘roqlasa,