Yuragimda bordur bir armon.Otajon,sog`indim sizni judayam,Har kun tushlarimda suhbat qilaman,Yolg`izlik qiynaydi hamma tomondan,Endi vaqt ortga qaytmas.Otajon sog`indim sizni judayam,Do`stlarim ko`zimga qarab aldaydi,Xasadlar,g`iybatlar o`tsa jonimdan,Jonim og`riyverar,yurak yig`laydi.Otajon,sog`indim sizni judayam,Shu kunlarda g`amdan siqilib ketdim.Go`yo yashayapman kulib yolg`ondan,Bugun armon bo`ldi kechagi baxtim.Otajon,sog`indim sizni judayam.Yig`layman,otasi borlarni ko`rsam,Qaniydi yonimda bo`lsaydiz bir zum,Mahkam,qattiq-qattiq quchoqlab olsam.Mening dardimni hech kim tushinmas,ovozimda ingrar mungli taronam.Kimgadir gapirsam balki ishonmas,Otajon sog`indim sizni judayam.