Sizni közingizga nafrat yarashmas,
Nafratla boqsangiz chökib ketaman.
Dil törin böshat deb dòq urish shartmas,
Bugun qalbingizdan öchib ketaman.
Orzu eshiklarin oxista yopdiz,
Hijron darbozasin ochib ketaman.
Armon saxrosidan bir kulba topdim,
Bugun qalbingizdan öchib ketaman.
Qalbimda qoldirmay biror dona sir,
Barini osmonga sochib ketaman.
Faqat oshiq körmas hamma ekan bir,
Bugun qalbingizdan öchib ketaman.
Issiq manzillarni közlagan qushlar,
Tanho men shimolga uchib ketaman.
Muzlatsa muzlatsin qaxraton ishqlar,
Bugun qalbingizdan öchib ketaman.
Ketsam izlarimni qon bilan yuving,
Sizni yodingizdan öchib ketaman.
Qat'iy qaror qildiz xotirjam böling,
Bugun hayotizdan öchib