Yaponiya degan sozini koreadep oqing
Eh-he Yaponiyadan nelar olmadim,
Aytsam ta'riflashga ojizdir zabon,
Lek bir odatiga ko'nikolmadim,
Aksirsang SOG' BO'LING demaydi Yapon.
Rosti, so'rab ko'ring ana har kimdan,
O'ziga bildirmay kuzating zimdan,
Musulmon ham emas, xabarsiz dindan,
Lek birov haqini yemaydi Yapon.
Boshlig'in ko'zi uchun ishlamas ular,
Maqtovli so'zi uchun ishlamas ular,
G'oliblik qilsada shirin uyqular,
Ishiga kechikib kelmaydi Yapon.
Daqiqasigacha bo'lar yo'qlama,
Domlalar poraga qilmaydi shama,
Ko'ndiraman deya bo'lmang xomtama,
O'qimasang diplom bermaydi Yapon.
Suniy navbat qilar ko'paysa odam,
SHoshilyabman deya qilmaydi motam,
Xotinim kasal deb, yokida onam,
Hech qac