Buncha yaqin rost-u yolg'on oralari,
Ortib borar xasta ko'ngil yarolari.
Yowlardanmi ko'zimizning qoralari, Jonim...xato qilmadimmi sizni sevib!!
Sabolarni yo'latmadim men yonimga,
Tilib terdim niwlar kirsa tovonimga.
Titrab turgan uvoqqina wu jonimga,
Endi jafo qilmadimmi sizni sevib!
Bu ne tuyg'u dil oynasin chertib o'tdi,
Ol bag'rini qizg'aldoqqa surtib o'tdi.
Adaw yo'lda ozoriz turtib o'tdi,
Bowga balo qilmadimmi sizni sevib..
Jonim...xato qilmadimmi sizni sevib?!
G'urur qo'ymas aytolmayman holim sizga,
Zolim edim, kunim qoldi zolimsizga.
Ko'nglim abgor etsangiz uvolim sizga,
Tarki xudo qilmadimmi sizni sevib..
JONIM... XATO QILMADIMMI SIZNI SEVI