Yana ko'zimda yosh, dilimda alam Alamim qo'limga tutqazar qalam Ohlarim bilmaysiz, bilmaysiz nolam Qaniydi men Sizni sog'inmasaydim. Kunlar o'taverar, o'tadi vaqt ham O'tadi-ketadi bir zumlik baxt ham Kun kelib bitadi dildagi dard ham Ungacham men Sizni sog'inmasaydim Sog'inib yig'layman, yuragim pora Har yerdan qidirib Sizni ovora Baxtli bo'larmidim unutsam zora Unutib hech qachon sog'inmasaydim. Ko'zingiz ko'raman har bitta ko'zda So'zingiz sezaman har bitta so'zda O'zingiz izlayman har bitta yuzdan Topolmayin ko'nib, sog'inmasaydim. Kechalarim bedor. Tunlar uxlamay, O'zgani o'ylasa meni sog'inmay, Ahvoling ne deya bir bor yo'qlamay, Qadrim bilmaganni sog'inmasaydim.