"Muhabbatsiz yashay olaman"
Yolg'iz keldim yorug' olamga,
Yagonaman faqat onamga,
Sevgi deya aytgan odamga,
Muhabbatsiz yashay olaman.
Ön sakkiz yil yashab sevgisiz,
Ötar yana kunlarim usiz,
Deysiz yana bölasan baxtsiz,
Muhabbatsiz yashay olaman.
Shumi sevgi shumi muhabbat,
Yondim deydi ayrilar faqat,
Yuraging ham bermaydi toqat,
Muhabbatsiz yashay olaman.
Qani ösha Layli Majnunlar,
Qolib ketdi sahroda ular,
Sevgi bilsang hayolda bölar,
Muhabbatsiz yashay olaman.
Armon böldi deganda köra,
Borib otang xolini söra,
Yuragingga mexrni öra,
Muhabbatsiz yashay olaman
Bir qölimda ösha qalamim,
Sekin asta gulga boqaman,
Gulning qurib sönganin körib,
Muhabbatsiz yashayman deym