Garchi bugun do‘stlarim jam bo‘lgani bilan, Baxtim butun yo omadim kulgani bilan,
Goh shodlikdan yarim ko‘nglim to‘lgani bilan,
Ruhi madadkor topmadim otamdan boshqa,
Kasbi duokor topmadim onamdan boshqa.
Umr o‘tmas g‘alvalarsiz bir tekislikda,
Kim istamas yashamoqni to‘q to‘kislikda, Do‘st tutinsam,
g‘am yutinsam goh ming hadikda,
Bir mehri oshkor yo‘q ekan otamdan boshqa,
Menga intizor yo‘q ekan onamdan boshqa.
Ba’zan deyman nahot shuncha chigaldirhayot,
Faqat armonlar dastida tugaldir hayot,
Bolalik chog‘larim qo‘msab, eslasam bot-bot,
SHo‘xligimni ko‘targan kim otamdan boshqa,
Dardim dildan o‘tkargan kim onamdanboshqa.
Vafoda ne sir-sinoat goho tushundim,
Bir jafokor