She’r muallifi Prezidentimiz I.A.Karimov
O'lsam...
O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin,
Kuyib o‘tgan umrim sharhini aytsin.
Bardoshim haqida ash’or to‘qisin,
Mendan norozilar fikridan qaytsin.
O‘lsam, janozamni bulbul o‘qisin,
Aytolmay qolganim desin Allohga,
Salovatlar aytsin to‘plab bor kuchin,
Bilmagan bilganim desin Allohga.
O‘lsam, olov tanim muz bilan yuving,
Toki, kafanlarim ketmasin kuyib,
Yuvgach, yuragimga parcha muz qo‘ying,
Boray huzuriga ozgina sovib.
O‘lsam, kafanimni bulutdan qiling,
Yomg‘irga aylansin, yonsam qabrda.
Qabrimni qazsangiz sal kengroq oling,
Gunohkor bandaga tor go‘r jabrda…
O‘lsam, chinor eking qabrim boshiga,
Toki, soyasida tilovat o‘qing.
Cho‘milib yashadim ko‘zi#Annika👑