Yuragim og‘ridi, mani boshim og‘ridi, Xabaring yo‘q sani, mani jonim og‘ridi. Nima kerak edi o‘shanda mani tanlab? Qani gapir, o‘yin qildingmi ataylab!? Avval salom-alik, va boshida yaxshilik, Mahallam degan eding, “Uzoq emas Sirg‘ali”. Hammasi joyida, buni farqi yo‘q edi, Chunki, mani ko‘zlaring sehrlab qo‘ygan edi. O‘tdi bir kun, faqat sms tungacha, O‘tdi uch kun, va shirin suhbat tonggacha. Hali yuragim o‘rganmagan edi shu kungacha, Sani sog‘inaman ertalabdan kechgacha. Qanaqa shirin eding, “Shirinim” der eding, Har kuni uyerga-buyerga mani olib boring der eding. Ishxona norozi, ruxsat olishim qiyin, San chaqirganda edi boshqalarni gapi bir tiyin. Qara hayotimda juda katta o‘zgarish, Sani