Yolg'izlikka o'rgandim Azizam.
Charchadim,oxiri to’ydim baridan,
Oxiri yo’q yo’ldan,g’amlar qa’ridan,
Tuproqqa belagan oltin-zaridan,
Oxir seni yolg’iz dilim topadi..!
Be’mano umrimni sovurdim yelga,
Birorta foydamam tegmabdi elga,
Beribman o’zligim,ko’zdagi selga,
Yelkamda gunohim qo’nim topadi..!
Shaytoniy davralar,bo’lgandi manzil,
Behayo so’zlardan yasablar hazil,
Endi ko’tarolmay turibman zil-zil..
Yelkamda gunohim qo’nim topadi..!