FAQAT MENI KECHIR ILTIMOS Sen yig'lama, jonim yig'lama, Barcha xato mendan o'tdi rost. Yuragingni bekor tig'lama, Faqat meni kechir iltimos. Senga qarab yurakdan kuydim, Bilmay diling og'ritib qo'ydim, Afsus chekib charchadim to'ydim, Faqat meni kechir iltimos