Ona desam,yig'lar bo'lsa armonlar ham
Ona desam,ifor to'ksa rayhonlar ham,
Dardim sig'mas bu dunyoda,ko'zimda nam
Onajonim kim oladi dardlarimni?
Yuragiga yetmay qolib toatlarim
Sevar yor ham tinglamasa hislatlarim,
Yuzni qaro qilib ketsa do'stlarim
Onajonim kim oladi dardlarimni?
Aro yo'lda qolib baxtga yetolmayman
Sizsiz hayot yo'llaridan ketolmayman,
Shu so'roqning azobiga chidolmayman
Onajonim kim oladi dardlarimni?
Ishq azobi mening uchun qiynoq emas
Hatto quyosh mehringizdek qaynoq emas,
Yo'q maqsadim sizga tana qilmoq emas
Onajonim kim oladi dardlarimni?
Esga olib sho'xlik-shirin damlarimni
Artardingiz ko'zimdagi namlarimni,
Jiydalarga so'zlayinmi g'amlarimni
Onajonim kim oladi dardla