Vaqt o'tib chiroyning rangi o'zgarib, Peshonanga yillar izin solarkan. Yoshlik yomg'irdayin bir yog'ib o'tib, Dunyo berganin qaytib olarkan. Kecha tillo sochib o'ynagan zotlar, Bugun nochorlikdan indamay dodlar, Dengizin sog'inib yig'lar qirg'oqlar, Dunyo berganin qaytib olarkan. Onam deb o'ksinib yurganlar qancha, Bolam deb o'pkasi to'lganlar qancha, O'ngdan so'lga boqmay o'lganlar qancha, Dunyo berganin qaytib olarkan! Men yorning vaslidan sarxuwman dedim, Menga yetari yo'q dilxuwman dedim, Ko'nglimda mo'ltirar muxabbat yetim, Dunyo berganin qaytib olarkan! Nafsing zanjirin uzginu,unut, Fursating keliwin ozod bo'lib kut, Yonimdan o'tmoqda shivirlab tobut, Dunyo berganin qaytib olarkan.