Osmon yig'lar yuragimda osmon yig'lar, Seni sevdim ko'nglim ichra gumon yig'lar, Sen kelmasang hazon kelar armon yig'lar, Aytgil nega meni eshlab kelmay qo'yding, Aytgil nega tushlarimga kirmay qo'yding... Sog'inganda tushlarimda ko'rar edim, Seni o'ylab shirin hayol surar edim, Vasling uchun jonimni ham berar edim, Nega mening muhabbatim yolg'on yo'yding, Aytgil nega tushlarimga kirmay qo'yding... Otam aytar qiz bolaga ko'ngil berma, Onam aytar bo'ldi uni o'ylayverma, Do'stim aytar yuragingni qiynayverma, Gar kelmasang aytgil unda nega suyding, Aytgil nega tushlarimga kirmaz qo'yding... Bahorlarning gullarida bir rang yo'qday, Hofizlarning kuylarida ohang yo'qday, Baxtim yo'qday, darding o'