Bir dono maslahat berdi,
Yashash go'yo bo'lar tekin,
Biroz turib shunday dedi,
- Rossiyaga borib kegin...
Durust bo'lib ketar ishing,
Hecham og'irmas yumushing,
Faqat kerak til bilishing,
"Rossiyaga borib kelgin."
Bitib qolar uying ham,
O'tar o'g'il to'ying ham,
Aytmas bo'lar bo'yin xam,
"Rossiyaga borib kelgin."
Minasan Malibuni,
Eplasang agar shuni,
Aytishin qarang buni,
"Rossiyaga borib kelgin."
Eh, aytishga ish oson,
Quruq qaynamas qozon,
Umring bo'ladi xazon,
"Rossiyaga borib kelgin."
O'z uyingda o'zing xon,
O'zing bek, o'zing sulton,
Ko'zingni och, ey nodon,
"Rossiyaga borib kelgin."
Kim almashar diyorini,
Bir malla sochga yorini,
Ota ona diydorini,
"Rossiyaga borib kelgin."
Hay