Shunday kishilar borki, ular bilan bir marta gaplashsangiz, ko`nglingiz suhbatiga oshufta bo`lib qoladi, ohangrabodek o`ziga tortadi. Ayrimlar bilan esa bir necha daqiqalik uchrashuv ham zerikarlidan zerikarli o`tadi. Yana bir toifa borki, qachon gapi tugarkan, deya og`ziga qarab turasiz. Xullas, bu gal sizga taqdim etilayotgan test orqali o`zingizning qanday suhbatdosh ekanligingizni aniqlab olishingiz mumkin. 1. Suhbat jarayonida asosan qaysi roldasiz: tinglovchimi yoki so`zlovchi? A. «Tinglovchiman. Bu bilan ham sirlarimni asrayman, ham ko`proq ma`lumotga ega bo`laman». B. «Menga ko`proq gapirish yoqadi». V. «Har doim har xil. Vaziyat, kayfiyat, suhbatdoshimning ko`nglim, dunyoqarashimga