Bo’lar ekan hayot ham go’zal, Totli bo’lar misoli asal. Muxabbat ham qoladi azal, Sen sevgan sevgiling, seni ham sevsa. Qalbing nelardandir ketadi jo’shib, Quvonchingdan aytasan qo’shiq. Pisand emas xech qanday to’siq, Sen sevgan sevgiling, seni ham sevsa. Qadam qo’yasan baxtning gozal qasriga, Aldanmaysan xech bevafolar makriga Ming bor shukur aytasan baxtli yaqdirga, Sen sevgan sevgiling, seni ham sevsa. Sevgi bo’lar guldan bokira, Buni sevgan insondan so’ra. Yonginangdan ketmaydi sira, Sen sevgan sevgiling, seni ham sevsa. Dunyo chiroyiga qoyil qolasan, Shu chiroyga o’zing moyil bo’lasan. Bir kun kelib albatta shoir bo’lasan, Sen sevgan sevgiling, seni ham sevsa.