Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Bilsang seni sog'ingan damlar
Faqat hayol surgim keladi
Yuragimni bosadi g'amlar
Seni juda ko'rgim keladi
Bu xolimga tushunolmasdan
O'z ustumdan kulgim keladi
Hayolimdan qutulolmasdan
Seni juda ko'rgim keladi
Bazan sig'may qolaman yerga
Osmonlarda bo'lgim keladi
Dardlarimni to'kaman yerga
Seni juda ko'rgim keladi
Ko'zlaringga termulib uzoq
Shirin suxbat qurgim keladi
Qiyin ekan umidni uzmoq
Seni juda ko'rgim keladi