Xasad qilma havas qil,Xovliqmagin sabr qil,Nolimasdan zamondan,Yaratganga shukr qil.Gunoh qilma savob ol,Qarg'ish olma duo ol,Bu dunyodan o'tsang ham,Yaxwi degan nomda qol.Boyliginga kerilma,Mammanlikka berilma,Kechagina kim eding,Ortingga bir nazar sol.Mehnat qilgin ter to'kib,Rizqingni ham terib ol,Ochko'z bo'lma hech qachon,Nafsingni ham tiyib ol.She'rlarim sen tinglab ol,Ma'nosini anglab ol,Yoqsa agar quloqqa,Keragini ilib ol.