Qizig`-a? Odamzod salgina og`rib qolsa, dard cheksa darhol onasini eslaydi. Hech bo`lmasa "Oh onajon!" deb qo`yadi. Nega shunday? Ahir onalarning hammasi ham shifokor emasku? Otasini, aka- opasini, hatto turmush o`rtog`ini ham emas, aynan onasini eslaydi, chaqiradi... Aytishlaricha, ayol kishi dard tutganida ham "Ona!" deb chaqirarkan. Garchi onasi uzoqlarda bo`lsa-da, kelolmasligini sezsa-da... Ozroq mazamiz qochib, ko`nglimizga qil sig`may qolsa onamizga qo`ng`iroq qilamiz: "Ona, mazam yo`q..." Onamiz esa odati bo`yicha vaqtida oldini olmagan ishlarimizni (yupun kiyingansan, vaqtida ovqatlanmagansan, va hokazo..) aytib koyiydi, tergaydi.. Go`shaki qo`yamiz- u..