Zulmat ichida qolib bir o'zim,
Aytsam tushunmas xech kim so'zim.
Ovutib yuraman o'zimni o'zim,
Armonlarga ko'milib yashayveraman.
Devorga ursam xamki bosh,
Nega oqmaydi ko'zdan achchiq yosh.
Topolmayin senday bir mexribon sirdosh.
Ko'z yoshlardek to'lib yashayveraman.
Mayli bir kun sevib qolar deb,
Yo sevishim bilib qolar deb.
Shunda sevgimmi tan olar deb,
Orzularni kutib yashayveraman.
Sevilganga osonu sevganga qiyin,
Sevgingni tushunmasa bo'lar ekan bir tiyin.
Axvolin shu ekan sevgandan keyin,
Sevishingni kutib yashayveraman.
She'rimni o'qishsalar nima deydilar,
Axmoq yoki telba jinni deydilar.
Balki xech kimni sevma deydilar,
Shunda xam seni sevib yashayveraman.
Mayli