Bo'lar edi bizniki bahor,
Qo'l ushlashib shodumon yursak.
Kamroq kamroq xafalashib yor,
Tezroq tezroq uchrashib tursak!
Qiynamasdi yolg'izlik jabri,
Oshgan sayin mehrning qadri,
O'ldirmaydi sog'inchning zahri,
Tezroq tezroq uchrashib tursak.
Ko'z ko'z qilib quvonch ko'ylakni,
Ko'rishmoqlik dilda istakmi,
Taftin bosin yongan yurakni,
Tezroq tezroq uchrashib tursak!
Qo'llarimiz gumon tutmishmi,
Ming savollar jonga botmishmi,
Unutaylik endi o'tmishni,
Tezroq tezroq uchrashib tursak!
Ko'ngil o'zi darddan bezorku,
Ozorlardan bu yurak xorku,
Bizlarni ham haqqimiz borku,
Tezroq tezroq uchrashib tursak.
Muhabbat bu dildagi titroq,
Zulmat dilga ishqing bir ch