Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Ahdu paymonlarning chekkasidir bu.
Bu yerda mujassam eng so'ngi nuqta,
Bugun tug'ilgan ham va boz o'lgan ham.
Ortiga qaraydi bunda bir to'xtab.
Sarhisob qilinar hisob-kitoblar,
Umr hirojlarin vaqt aylar homcho't.
Bunda yaxshiliklar tirnoqdek bo'lsa,
Ehtimol gunohlar kelar bir tobud.
Marhamat etilar so'ngi go'shaga,
Hisoblab foniylik hosiyatini.
So'ngi marhamatdan bilib olurmiz,
Yashab o'tganimizning mohiyatini.