DUO QILING Dunyo ko'zlarimga tor ko'ringanda, Har neki umidim bor ko'ringanda, Kimlardir yuzimga zor ko'ringanda, Duo qiling, ona, ijobat bo'lsin. Yuzlarimni yuvar ko'zdagi yowim, Balki yetar, balki yetmas bardowim. G'amga egilmasin bu g'arib bowim, Duo qiling, ona, ijobat bo'lsin. Jonsiz tirik emas aslida jasad, Havas ulug'likdir, o'ldirar xasad. Hech qachon mexrga kelmasin kasod, Duo qiling, ona, ijobat bo'lsin.