Men sog'inchdan qilib guldasta,Sizga tuhfa etarman asta. Sog'inchlardan bu yurak xasta,Ayting meni sog'inasizmi? Men sog'indim sizni suroqsiz,Qalb zimiston nursiz,chiroqsiz. Afsus,mendan juda yiroqsiz,Ayting meni sog'inasizmi? Hayot ekan beshafqat maydon, Kimlar hayron,kim esa shodon. Kimga orzu,kimga esa baxt, Ayting meni sog'inasizmi?