Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Sevgi shunday bevafo tuyg'u, kuni kelib tashlab ketarkan. O'z o'rniga qo'yib g'ururni, kulgan ko'zni yoshlab ketarkan. Ishontirib achchiq yolg'onga armonlarga boshlab ketarkan, o'z o'rniga qo'yib taqdirni bir laxzada aldab ketarkan. Bizga ochib do'zax eshgin, o'z manzili jannat bo'larkan. Bizga berib bedavo dardni, o'zi shodon o'ynab kularkan. Bir kun kelib asal o'rniga, kulib turib zaxar berarkan. Gar shunda xam qilmasa xuzur uzur so'rab takror kelarkan.