Do'ppisini otsin osmonga, Ko'zi kulib boqsin zamonga. Qo'lin dadil uzatsin nonga, Hayot bulsa kimning ONASI. Makkatillo ostonasi bor, Tillo to'la koshonasi bor. Go'zal taqdir peshonasi bor, Darz ketmagay ko'ngil honasi, Hayot bo'lsa kimning ONASI. Osmon kulsa oy ushadir, Kamon uchsa yoy ushadir, Odamlarning boyi ushadir, Azob nima mayli bilmasin, Hayot bo'lsa kimning ONASI. Yahshi odam aslo sinmasin, Rangu ro'yi somon bo'lmasin, To'kilmasin hech egilmasin, Tirigida birbor o'ylasin. Hayot bolsa kimning ONASI. Erkaliging ko'targan kim u, Darding dildan o'tkazgan kim u, Jon mehrini atagan kim u, Qo'llaridan qo'ymay asrasin. Hayot bo'lsa kimning ONASI.