Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Sevgi shunday bõlsinki, Undan labing titrasin. Visol shunday bõlsinki, Undan kõngling yayrasin. Azob shunday bõlsinki, Undan tanang hõrlansin. Uchrashuv shunday bõlsinki, Atrof gullarga tõlsin. Ayriliq shunday bõlsinki, Undan sog'inch taralsin. Tanishuv shunday bõlsinki, Undan sevgi yaralsin. Yakun shunday bõlsinki, Õlim deya atalsin!
Bu hayot aslida shunday yaralgan, Doyimo kutganing bo'lavermaydi. Eng shodon kuningda yurakdan kulsang, Hammaham qo'shilib kulavermaydi. Atrofingda faqat do'stu yor emas, Mayliga g'animlar aylanib yursin. Ortingdan faqat tosh otuvchi emas, Bor yo'g'i bir suyukliy insoning bo'lsin! Tilagim dunyoda sen bilan o'sha, Sen sevgan insoning yoningda bo'lsin!