Ko'kdagi quyosh ham bir kun botadi,
Ishoning mensiz ham tonglar otadi.
Bir maromda sokin umr o'tadi,
Kun kelib baribir unutilarman.
Nafis iforin taratib, kelganda bahor,
Qushlar sayraganda har erta nahor.
Balki hayolarda ba'zan kezarman,
Ammo bir kun baribir unutilarman.
Fasllar o'zgarib, yil o'tar asta,
Solg'in nafas olar, bu yurak hasta.
Dilim og'ritganlar bo'larlar mag'zun,
Lekin baribir unutilarman.
Insonlar aslida vafosiz ekan,
Qo'lida qum to'la-yu sahrosiz ekan.
Yulduzsiz ham osmon, armonsiz ekan,
Qachonlardir barbir unutilarman.
Ba'zi bir gaplarim yoqmasdi balki,
Yomon ko'rgandirsiz, jonsiz sur'atki
Oh bu qandayin sizga tuhfaki,
Ketarman-u bir kun unutilarman