Keladi deb o'ylama qaytib, Majnun misol sahroda daydb, Dardim yolg'iz Xudoga aytib, Men qalbingdan ketaman butkul. Ketgan bulsam joninga tegib Suratingni kuzimga tugib, Armonlarga boshimni egib, Men qalbingdan ketaman butkul. Ko'zlaringdan tomgan yosh bo'lib, Tog'dan ajrab tushgan tosh bo'lib, Alamlarga o'zim bosh bo'lib, Men qalbingdan ketaman butkul.