Qadamingdan xato gumonlaydilar, Uchragan kimsaga yomonlaydilar, Senga omad kelsa tutarlar motam, Yiqilsang, bayramdek nishonlaydilar. Kerak bo'lsang darrov toparlar lekin, Ishing tushsa bir bor qocharlar sekin, Yelkangga ortishib g'iybatlar yukin, Yiqilsang, bayramdek nishonlaydilar. Odamlar, odamlar ne bo'ldi sizga, Qalbingiz bunchalar to'lmoqda muzga, Tashvishingiz yo'qmi xasaddan o'zga, Yiqilsang, bayramdek nishonlaydilar! Kimda kim yolg'on gap tashib o'rtada, Uyalib qoladi o'zi ertaga, Qo'l berib yupatib qo'ymay qaytaga, Yiqilsang, bayramdek nishonlaydilar. Bilolmadim kimga tegdi zararim, Ayblarim, ko'pidan yo'qdir xabarim, Bir dasturxonda tuz totgan jigarim, Yiqilsang, bayramdek nishonl