Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
*** 5 kunlik hayot *** Bu besh kunlik hayotda Ikki ko'zim hayratta Uyalmasdan uyatda Qolganlarni ko'rdim men. Yengilib ba'zan yovsiz Qolib biron qarovsiz, Hatto cho'qsiz-olovsiz Yonganlarni ko'rdim men! Begona bilan yotgan, Balchiqqa beldan botgan Hatto badanin sotgan arzonlarni ko'rdim men. O'zga yurtlarda yurgan Qaytib kelolmay turgan Peshonasiga urgan Sarsonlarni ko'rdim men! Har kuni ichib yurgan Ichib otasin urgan, Ikki oyoqda yurgan HAYVONlarni ko'rdim men. Haqiqat so'z aytganda, Qilganida attanglar, Bolasidan qayganda Vayronlarni ko'rdim men...