Mening Dardim Tuzalmaydi dardim mening, O'lsam kerak. Tuproq bilan o'ga-ini B'olsam kerak. O'lim nima? Bu ham bitta sayr, Ona. O'gling qaro yerga ketdi, Xayr ona... Tuzalmas bu dardim mening, Umidim yo'q Xira shamdek ko'zlarimda So'nmoqda cho'g. Cho'g nimadir? Cho'g ham tutab, Kul bo'ldi. Inson bir kun o'z mayliga Qul bo'ladi... Yuragimni tamom qildim, Yig'layverib. Huzurimda ajal turar, Qoshin kerib. Men hayotda o'limga tik Boqib o'sdim... Qani menga atalgan joy, Ketdik,do'stim!