Omading kelmasa kuyinma do'stim,
Omad kutmaganda kelishi mumkin.
Kelsa ham u qadar suyunma do'stim,
Hayotda har narsa bo'lishi mumkin.
Omad deganlari misoli bir qush,
Qo'linga qo'nganda ko'ngling bo'lar xush.
Ketganda qolasan ko'rgandayin tush,
Hayotda har narsa bo'lishi mumkin.
Gohida dushmaning do'sting bo'b qolar,
Gohi do'st bilganing dushmanlik qilar.
Insonni ko'nglini bir Xudo bilar,
Hayotda har narsa bo'lishi mumkin.