Ichimga ham sig'masa dardim,
Yo... bu dunyo sinasa sabrim
Yaqinlarim bilmasa qadrim,
Menga sodiq sirdosh bo'l do'stim!
Sen kabi yo'q, menga yaqinim!
Ko'rolmaydi goh og'a-inim!
Dunyolarga sig'magan kunim
Menga dildan dildosh bo'l do'stim!
Omad qushi, yiroqqa uchsa
Ulfatlarim yonimdan qochsa...
Og'ir tashvish yilkamga tushsa..
Menga sen yilkadosh bo'l do'stim!
Shod kunimda, g'amgin kunimda...
Suyangayman xasta onimda..!
Ko'nglim to'qdir bo'lsang yonimda!
Menga, doim darddosh bo'ldo'stim!
Yolg'on emas, rost bo'lgin menga.
To qiyomat, do'st bo'lgin menga!
Qayda bo'lmay muhtojman senga.
Menga hardam yo'ldosh bo'ldo'stim