Ketding... Izlaringdan termulaman jim,
Asrlar bag'rini o'raydi zulmat.
Faqat men sen tomon uzataman qo'l,
Senga qo'lim yetmas - ayon haqiqat...
Unsiz faryodimga bo'laman asir,
Faqat ko'z yoshimga yetadi kuchim...
Intizor kutdimmi Seni shu qadar,
Qalbimda bir chaqnab, ketishing uchun?..
Balki, men bilmadim Orzu qilmoqni,
Yo hayot kechirdim abas, behuda...
Yolg'iz istak uchun bo'lgandim fido,
Sen-la baxtli bo'lgim kelgandi juda...