Bu dunyoning g'amlarin unut
Baxt quyoshing to'smasin
bulut,
Saqlamasdan qarshimda sukut
Bir ayt meni sog'inganingni.
Visolingiz etsin
deb nasib,
Dil chigilim tashlagin yozib.
Va bag'ringga turgancha bosib,
Bir ayt meni sog'inganingni.
Hayajondan
qizarsa yuzlar,
Bir-biriga to'ymasa ko'zlar,
Izlamasdan chiroyli so'zlar,
Bir ayt meni sog'inganingni.
Shunda baxtni
yetay men
anglab,
Ololmasdan hushimni o'nglab ,
Mast bo'layin shu so'zni
tinglab,
Bir ayt meni sog'inganingni.
Men- umringning
bahor,
yoziman,
Muhabbatning dardli soziman,
Sevishingni aytma roziman.
Bir ayt meni sog'inganingni!!!