SENI SEVGANLARIM
YODINGA TUSHSIN
Kimnidir sog'inib yolg'iz qolganingda,
Seni sevganlarim yodinga tushsin.
Qismating oldida ojiz qolganda,
Meni kuyganlarim yodinga tushsin.
Sendan baxtlar yuzin bursa yig'lama,
Yuraging alamga to'lsa yig'lama.
Hayotdan umiding so'nsa yig'lama,
Meni aytganlarim yodinga tushsin.
Suyganing yuz burib vafo qilmasa,
Bitta shirin so'zin ravo ko'rmasa.
Va'dalar bersa-yu, ammo kelmasa,
Meni kutganlarim yodinga tushsin.
Qalbingni dardini aritolmasang,
Umringni bir kunin yoritolmasang.
Kimnidir qiynalib unutolmasang,
Alam yutganlarim yodinga tushsin.
Ko'z oldingda yoring xiyonat qilsa,
Sen ko'z yosh to'ksang-u, u beparvo kulsa.
Atayin yoningda o'zgani quchsa,
Meni