Sen meni kimlarga alishding,
Tangrim deb sig`inib sevgandim.
Sevgimni kimlarga ulashding,
Qalbimni ishonib bergandim.
Jonimni joningga ming sadqa,
Qilsamu,sen bo`lsang mensimay.
Ishqingdan qilganday sadaqa,
Ustimdan kulding-ku,tap tortmay.
O`zim ham munchalar sevdim-a,
Borimdan,yo`g`imdan voz kechib.
Borim ham,yo`gim ham,shu dedim,
Bir umr yo`lingga ko`z tikib.
Eh,mening shavqatsiz,yoronim,
Umrimiz o`tyapti sezdingmi?
Ko`z ochib ko`rganim-bahorim,
Sen mendan shunchalar bezdingmi?