Ta'magirni tortqilab,
Nafsi qo'ymas deydilar.
Nokas o'zi to'ysa ham,
Ko'zi to'ymas deydilar.
Boq bir yorug' olamga,
Kimlar zo'rg'a kun ko'rar.
Odamlar bor bog'dagi
Bulbuldan ham pul so'rar.
Yolg'on dunyo- bu dunyo,
Arzon dunyo - bu dunyo.
Ne-ne hokim, beklardan
Qolgan dunyo- bu dunyo.
Kiprikdan ham qisqadir
Molu dunyo yo'llari.
Ibrat bo'lsin, Iskandar
Ochiq ketgan qo'llari!..
Uzat deysan, ber deysan,
Hech qo'ymading, odamzod.
Tuya to'ydi, fil to'ydi,
Sen to'ymading, odamzod.
Shukr qilar hattoki
Qumursqa- parramdalar.
Shukr deysan sen qachon,
Xom sut emgan bandalar?..
Bu uch kunlik dunyoda
Savlstingga kerilma.
Qasr qurma, bog' qoldir,
Davlatinga kerilma.
O'z elingni qaqshats