Мы используем cookie-файлы, чтобы улучшить сервисы для вас. Если ваш возраст менее 13 лет, настроить cookie-файлы должен ваш законный представитель. Больше информации
Qizcha shiringina uyqudan baqir-chaqir ovozi sababli uyg'onib ketdi. Közlarini ishqalab kravatidan tushdi va ovoz kelayotgan tomonga yura boshladi. Uning ota-onasi har kungidek özaro janjallashishardi. Ular qizchaning uyg'onganligiga ham e'tibor berishmasdi. Ota-onasining janjalidan qo'rqib, bir chetda ularni kuzatib turgan tört yoshli qizcha yig'lab yubordi. Bir-birlarini turli odob doirasidan tashqarida bölgan so'zlar bilan haqorat qilayotgan er-xotin bolaga e'tibor berishmasdi: - Siz men uchun nima qilib qo'yibsizki, menga baqirasiz? - O'chir ovozingni shallaqi, iflos, bolangni olib yo'qol bu uydan. Menga sen ham, bolang ham kerakmas. - Nima dediz? Hali bolamni olib yo'qolaymi? Mayli, ket