Kimligim bilmaganlar...
Har hil o'yga borishar,
Bazan kunglim olishar.
O'zlaricha bilishar,
Kimligim bilmaganlar.
Mag'rur tutib boshini,
Otib g'iybat toshini,
So'ng ichdi ko'zyoshini,
Kimligim bilmaganlar.
So'rab-surishtirganmush,
Kurmay turib kurganmush.
Do'st bo'lib ulgurganmush,
Kimligim bilmaganlar.
Qilmam sira noshukurlik,
Kerak emas mashxurlik.
Yolg'ondan yor der shurlik,
Kimligim bilmaganlar.
Samimiy bo'lsa niyat,
Bo'ladi diydor albat.
G'iybatim qilmang faqat,
Kimligim bilmaganlar.
Kutmang meni osmondan,
Sizdek yerda sarsonman.
Men ham oddiy insonman,
Kimligim bilmaganlar.
💔💔💔💔💔