Uchramasang bo'lardi tashlab ketar ekansan, Ikki ko'zim gavharin yoshlab ketar ekansan, Shiringina so"zlaring hayotimni bezadi, Netay soxta tuyg'ular bugun Yurak ezadi. Bag'ring shuncha toshmidi nolalarim yetmadi, O'zing ketdingku ammo darding sira ketmadi, Uchramasang bo'lardi yo'llarimda nogahon, Mana ketding sen bugun Sevgi ham boldi Armon. Aytgin qachon ulgurding Yuragingdan yulishga, O'rgatyapman o'zimni yig'lab turib kulishga, Uchramasang bo'lardi o'ynab kulib yurardim, Tashlab ketmasang agar men ham Baxtli bo'lardim. Chertib qolgan oynaday chil-chil sindi Yuragim, Ammo shunda ham senga Abadiy Baxtni tiladim !