Men sog'inchdan qilib guldasta,
Sizga tuxfa etarman asta.
Sog'inchlarda bu yurak xasta,
AYTING MENI SOG'INASIZMI..?
Mensog'indim sizni so'roqsiz,
Qalb zimiston nursiz chiroqsiz.
Afsus endi mendan yiroqsiz,
AYTING MENI SOG'INASIZMI..?
Hayot o'zi beshavqat maydon,
Kimlar hayron kim esa shodon.
Kimga orzu kimgadur armon,
AYTING MENI SOG'INASIZMI..?
Hijronlarga yurak bardoshsiz,
Armonlarga ko'ndim ko'zyoshsiz.
Muz yurak sizdek quyoshsiz,
AYTING MENI SOG'INASIZMI..?
Diydor nasib bo'lar balki, Dil
quvonchga to'larmi balki.
Sog'inch shunday bir og'ir
dardki, AYTING MENI
SOG'INASIZMI..???