Ertak kabi sirli bu xayot, Har sinovga nogoh yullaydi. Yaqinlaring bular goxo yot. Gox begona seni qullaydi. Xayot go'zal, yashamoq totli. Marjon kabi tizilgan yillar. Bir-biriga ulashsa shodlik, Aka-uka, opa-singillar. Bir-birini quvar quvonch g'am, Biri kelsa, ergashar biri. Bu dunyoga kelgan xar odam. Muhabbatning yangi asiri. Aylanadi eski charxpalak, Suvday oqar inson xayoti. Baxtin quvib chopar u xalak, Qanot bular iymon saboti. Ezgulik- bu umr mazmuni, Qalbingizdan azizroq ne bor? G'uborlardan asrangiz uni. G'urbat ichra chekmasin ozor. Mehr bilan yashnar bu olam, Sevgidan suv ichar kungillar. Mendan baxtli bulsin der bolam, Aka-uka, opa-singillar