Yig'la yurak, yig'la dil,
Yor-yorlarga jo'r bòlgin.
O'zga bilan turar yor,
Buni kôrma kôr bôlgin.
Yig'la yurak, yig'la dil,
Nega jimsan, urmaysan.
Ko'rib olgin so'ngi bor,
Endi uni kôrmaysan.
Yig'la yurak, yig'la dil,
Endi sog'inch qiynaydi.
Meni g'amga botirib,
Seni esa tirnaydi.
Yig'la yurak, yig'la dil,
Ayriliqga qo'l uzat.
Borolmayman ortidan,
Endi esa sen kuzat.
Yig'la yurak, yig'la dil,
Endi u yôq biz uchun.
Baxt sôragin Tangridan,
Bir bevafo yor uchun.
Yig'la yurak, yig'la dil,
Taqdir ekan ko'namiz.
Kôz yowing art, yur tôyga,
So'nggi bora boramiz.