NAHOTKI... Nahotki, sevgi ham erir bir shamdek, Nahotki, xonishdan zada bo‘lar nay? Ko‘nglimdan haydalib ketganim kamdek, Sen ham “keting” deysan, o‘ylab- o‘ylamay. Ko‘ksimga og‘riqlar yo‘l solar zumda, Haybatli tog‘ misol o‘sar savollar... Bir umr yomg‘irni tush ko‘rgan qumdan, Bulutni qizg‘anib, haydar shamollar... Ishqning taqvimida bayramlar unut, Belgisiz kunlarning so‘nggi ko‘rinmas. Sen, ishon, yo‘ldagi baxt karvonin kut, Olisdan kelmoqda o‘sha qadim sas... Nafsning qiyosi beburd chang ekan, Baxt – asli, bir Toza Dilga yetganing. Dardi yo‘q kesakdek xoli tang ekan, Ko‘nglidan ko‘chaga chiqib ketganning...