Kimgadir visolsan, Kimgadir xijron,
Kimgadir orzusan, Kimgadir armon,
Kimgadir bir umr, Kimgadir bir on,
Kimgadir tomchisan, Kimgadir ummon,
Kimgadir achchiqsan, Kimgadir shirin,
Kimgadir oshkorsan, kimga yashirin,
Kimgadir quyoshsan, xamisha porloq,
Kimgadir shamchiroq, yonmaysan uzoq.
Xullas, MUXABBATSAN, Jaxonda tengsiz,
Xayotda ma'no yo'q yashashdan sensiz...