Ketdi yoshlik, qoldi xotira,
Ko'zlarimda marjon yoshlarim.
Hayr degim kelmaydi sira,
Sirdoshlarim sinfdoshlarim.
Kimda kimni ko'ngli bor edi,
Kimda kimni ko'ngli zor edi.
Kimlar kimdan umidvor edi,
Sirdoshlarim sinfdoshlarim.
Guldan guzal kulgularingiz,
Osmon osmon orzularingiz.
Suvdan tiniq tuyg'ularingiz,
Sirdoshlarim sinfdoshlarim.
Hayot yo'li ekan har tomon,
Sog'inch yomon, ayriliq yomon.
Qayda bo'lsa bo'linglar omon,
Sirdoshlarim sinfdoshlarim.